Samarqand şahridagi "Ipak yöli" Xalqaro turizm universitetiga birinçi kiriş imtihonlari bölib ötdi, unda bir öringa 10 abituriyent da'vogarlik qildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi 3815-sonli qarori bilan Samarqand şahrida "Ipak yöli" Xalqaro turizm universiteti faoliyatini yölga qöyiş közda tutildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari vazifasini bajaruvçi Saidakbarxon Akbarov universitetga taşrif buyurib, ilk kiriş imtihonlari oldidan abituriyentlarni qöllab-quvvatladi. 

"Ipak yöli" Xalqaro turizm universiteti birinçi marta abituriyentlarni qabul qilayotgan bölişiga qaramay, unda öqiş istagini bildirganlar soni 1225 kişini taşkil qildi, bu esa mamlakatda turizm sohasiga bölgan qiziqişning oşib borayotganidan dalolat bermoqda. 1225 kişidan 125 nafarigina universitetga kirişi mumkin, bir öringa 10 abituriyent da'vogarlik qilmoqda. 125 talabadan 42 nafari davlat granti asosida qabul qilinadi.  

Universitet faoliyatini taşkillaştirişda turizm sohasidagi xorijiy ekspertlar iştirok etişdi. 

Saidakbarxon Akbarov yangi universitet abituriyentlariga motivatsiya berib,  test oldidan ularni qöllab-quvvatladi va öz nutqida turizm Özbekistonning strategik yönalişlaridan biri hisoblanişi bois mamlakat rahbariyati tomonidan aynan şu oliy ta'lim muassasasi bitiruvçilariga katta umid boğlanayotganini alohida ta'kidladi.