Bred öz kompaniyasini qayta tuzişdek murakkab jarayonda yetarliça yuqori körsatkiçlarni qayd etayotgan ajoyib sotuvlar bölimi boşliğini işdan böşatişga doir qaror qabul qildi. Uç oy ötsa hamki Bred bu haqida unga xabar qila olmadi. Men buning sababiga qiziqdim. U "Men lapaşangman!" deya javob berdi.
Bred — moliyaviy kompaniyada SeO va şubhasiz, lapaşang emas. U barça kabi inson, şu bois strategik muhim qaror qabul qiliş vaqtida qiyinçiliklar bilan töqnaşadi.
Yoşingiz, kasbingiz yoki mavqeingiz qanday bölmasin, muhim işni bajariş uçun murakkab suhbatlar olib boriş, kişilarni mas'uliyat va amaliy xatti-harakatlarga çorlaşingizga töğri keladi. Qöyilgan vazifalarni uddalaş uçun kişilarda işonç uyğotuvçi, öz ortidan ergaştira oluvçi va umumiy muvaffaqiyat uçun özini yuz foiz işga bağişlovçi jozibali inson qiyofasini yaratiş zarur.
Oliy toifali rahbarlarni tayyorlovçi Bregman Partners kompaniyasining boş direktori Piter Bregman HBR'da muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bölgan tört sifat haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Samarali faoliyat yurituvçi rahbar böliş uçun siz özingizga işongan bölişingiz, boşqalar bilan aloqa örnatişingiz, maqsadga erişişga özingizni bağişlaşingiz va emotsional dadillikni namoyiş qilişingiz kerak böladi. Aksariyat bularning faqat birinigina namoyiş qilişning uddasidan çiqadi, kamdan-kam holatlarda - ikkitasini. Biroq boşqalarga ta'sir ötkaziş va ularni amaliy qadamlarga çorlaş uçun törttalasini ham mukammal egallaşingiz zarur.
Özingizga bölgan işonç. Bred bu borada muammoga duç kelgan, bu ajablanarli bölişi mumkin, zero u juda muvaffaqiyatli karera qurgan. Biroq bu ança keng tarqalgan holat. U şijoat bilan işlagan, lekin uning mehnatsevarligi öz xususiyatlariga bölgan qandaydir işonçsizlikdan kelib çiqqan. Şu bois Bred özini namoyon etib, atrofdagilarning maqtoviga sazovor bölmoqçi bölgan. Salohiyatli muvaffaqiyatsizlik qarşisida uni iroda tark etgan. Şu bilan birga, u muvaffaqiyatsizlikka uçraganida özini ayamagan. Biroq u kim bölmoqçiligiga doir aniq tasavvurga ega bölgan va şu yönalişda mehnat qilgan, öz energiyasini strategik va oqilona taqsimlab, ortiqça çalğituvçi omillarga e'tibor bermagan.
Atrofdagilar bilan munosabatlar. Bu Bredning eng ustuvor jihati. Barça xodimlar uni yaxşi körişgan, u doim öz jamoasidagilar uçun qayğurgan. Odamlar hatto nuqtai nazarlari turliça bölgan masalalarda ham uning işonçini his qilişar edi. Xodimlar uning odamlar va vazifalarga nisbatan qiziquvçanligini yuksak qadrlaşardi va tezkor xulosalar qilmagani uçun undan minnatdor bölişardi. Şunga qaramay, hatto bu masalada ham unda ösiş uçun salohiyat bor edi: u öz xodimlari bilan har doim ham oçiq suhbatlaşmas va murakkab suhbatlarni orqaga surişga moyil edi.














