AQŞ Turkiyaning ortidan piçoq urmoqçi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdöğan Anqarada bölib ötgan matbuot anjumanida. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, Vaşington bir tomondan ittifoqçidek harakat qilmoqda, boşqa tomondan esa «özining strategik şerigining oyoğiga öq uzmoqda». «Biza NATOda birgamiz, keyin esa ortimizdan piçoq urişga urinyapsiz», — dedi u. 

Şu bilan birga Erdöğan milliy valyuta — turk lirasi tez orada qulaşdan töxtaydi va me'yoriy darajaga qaytadi deb hisoblaydi. Prezident şuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga hujum davom etişini kutmoqda, deb yozadi Reuters.

Turk lirasi bir neça haftadan beri qiyin ahvolda turibdi, biroq deyarli 20 foizga qulaş atigi bir kunning içida yuz berdi - bu Turkiya iqtisodiyoti uçun rekord. Prezident Erdöğan fuqarolarni banklarga barça pullarini olib borişga çaqirmoqda.

Yil boşidan buyon turk lirasi öz qiymatining 27 foizini yöqotdi. 13 avgust kuni 1 AQŞ dollari 7,1 turk lirasiga sotilgan.

AQŞ prezidenti Donald Trampning turk pölat va alyuminiysiga bojlarni ikki barobarga oşiriş haqidagi qarori lira qulaşini yanada kuçaytirdi.