“GM Uzbekistan“ avtomobillarining narxlari oşişi kutilmoqda, biroq hozirça narxlar belgilanmagani sabab mijozlar bilan şartnoma tuziş jarayonlari töxtatilgan. ÖzA şu haqida xabar berdi.
30 iyun kuni Xalqaro press-klubda ötkazilgan muloqotda “Özavtosanoat“ aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov 1 avgustdan avtomobillar narxi örtaça 14 foizga oşirilişi haqida ma'lum qilgan edi. Bu bayonotga nisbatan jamoatçilik öz munosabatini bildirmay qolmadi, albatta.
1 avgust kuni “Özavtosanoat“ aksiyadorlik jamiyati öz saytida “GM Uzbekistan“ avtomobillarining narxlari oşirilmasligi haqidagi qöşimça bayonot bilan çiqdi.
Avgustdan narxlar rasman oşmadi. Biroq jamoatçilik tomonidan “Avtosalonlarda şartnomalar nima uçun berilmayapti?” mazmunidagi e'tirozlar köpaydi. Haqiqatan ham heç bir sababsiz, xalqqa ma'lum qilinişi kerak bölgan tartiblar tuşuntirilmay şartnomalar nima uçundir töxtatilgan.
Kuzatuvlar şu kunlarda maşina bozorlaridagi avtomobillarning narxi ösganligini tasdiqlaydi. Sabab ma'lum, köpçilikning könglida yengil avtomobillarning narx-navosi borasida şubhalar ortib bormoqda, deyiladi manbada.
“Özavtosanoat“ aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati rahbari vaziyatga quyidagiça javobni berdi:
“GM Uzbekistan” zavodi avtomobillarining narxi özgargani yöq. 30 iyul kuni Xalqaro press-klubda muhokama qilingan avtomobil narxlari masalasi hozirda mutasaddi taşkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda har tomonlama, narx oşişining ijobiy va salbiy tomonlarini inobatga olgan holda örganib çiqilmoqda. Narxlar oşişi kutilmoqda, şuning uçun aniq narx-navolar belgilanmagani sabab mijozlar bilan şartnomalar tuziş hozirça töxtatilgan.
Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil narxlari böyiça tarqalgan ma'lumotlar va avtomobillar narxi böyiça prays-list işonçli emasligini bildiramiz. Ayni vaqtda ularning narxi hali hisoblab çiqilmadi", - deydi mutaxassis.
Demak, ayni damda avtomobillarning rusumlariga köra narx belgilaş jarayoni körib çiqilmoqda. Yaqin kunlarda narxlar borasida aniq ma'lumotlar taqdim etilsa, ajab emas.
Bundan avval KUN.UZ'da "Özavtosanoat" fikridan qaytgani, 1 avgustdan avtomobillar narxi oşmasligi haqida ma'lumotlar berilgandi












