Italiyaning Genuya shahridagi avtomobil ko‘prigi qulashi oqibatida «o‘nlab odamlar» halok bo‘ldi. Bu haqda Adnkronos agentligi Italiyadagi shaharning tez tibbiy yordam xizmati rahbariga asosan xabar qildi.
Xabar berilishicha, avtomobil ko‘prigi Italiya shimoli, Genuya shahridagi avtomobil yo‘lida qulab tushgan. Ko‘prikning taxminan yuz metrlik qismi qulagani aytilmoqda.

"Yuz bergan hodisa ko‘lami juda katta. Ko‘prikdan qulagan va vayronalar ostida qolganlar orasida o‘nlab halok bo‘lganlar bor", - deya tez tibbiy yordam xizmati rahbari Franchesko Bermanoning bayonotini keltirgan agentlik.

Qayd etilishicha, balandligi taxminan 50 metr bo‘lgan ko‘prik daryoning ustidan o‘tgan, u yerda turar joylar, temir yo‘llari va sanoat zonalari joylashgan.

Fotosuratlar va videolarga ko‘ra, ko‘prikning markaziy qismi qulab tushgan. Italiya temir yo‘llari Genuyada transport harakat to‘xtab qolganini ma'lum qilgan.


Qulashga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum. Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, ko‘prik tayanchlari «muntazam ravishda» ta'mirlangan.
Ponte #Morandi #Genova #A10 #skytg24 #Tgcom24 pic.twitter.com/XvUzyOtcrj
— Andrea Bernardini (@abernardini_) August 14, 2018








