Hind rupiyasining dollarga nisbatan qiymati rekord darajada tuşib ketdi. The Independent naşrining yozişiça, bunga Turkiyadagi inqiroz sabab bölgan.

Hindiston Markaziy banki valyuta bozoridagi vaziyatga aralaşdi, ammo rupiya qulaşining oldini ololmadi. Oqibatda bir dollar 69,62 rupiyagaça kötarilib ketdi.

Naşrning qayd etişiça, Yangi Zelandiya dollari ham bosim ostida qolgan. Turkiyadagi inqiroz oqibatida mamlakat valyutasi keyingi ikki yil davomida ilk bor 0,66 AQŞ dollariga tuşib ketgan.

Bundan taşqari, Yevropa banklari Turkiyadagi muammo natijasida qançalik zarar körişlari mumkinligini aniqlaşga urinmoqda. Bu ayniqsa Ispaniya, Fransiya va Italiyaga kuçli ta'sir qiladi.

Turk lirasi bir neça haftadan beri qiyin ahvolda turibdi, biroq deyarli 20 foizga qulaş atigi bir kunning içida yuz berdi.

AQŞ prezidenti Donald Trampning turk pölat va alyuminiysiga bojlarni ikki barobarga oşiriş haqidagi qarori lira qulaşini yanada kuçaytirdi.
Turkiyadagi holat Rossiya valyutasiga ham ta'sir körsatdi – 13 avgust kungi savdolarda bir dollar 68 rubldan oşdi.