Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq «Bunyodkor» stadioni suv va elektr energiyasi tarmog‘idan uzildi
«Milliy» (sobiq «Bunyodkor») stadioni suv va elektr ta'minotidan uzib qo‘yildi, deb xabar bermoqda Championat.asia.
Yozning issiq kunlarida qilingan bu ish oqibatida, stadionning maydoni va yana zaxiradagi 4ta maydoncha jiddiy jabr chekmoqda.
Stadion xodimlarining ma'lum qilishicha, hozirgi kunda qarzlar 100 million so‘mni tashkil etadi.
Issiq ob-havo sharoitida 1 kun suv ichmagan maysa jiddiy jabr ko‘radi, agar suv va elektr energiyasi ta'minoti tiklanmasa, maysalarga keltirilgan zarar qiymati bir necha yuz millionni tashkil etadi. Suvsiz asosiy va qo‘shimcha maydonlar chimini asrash va parvarishlashning imkoni yo‘q.
Bundan tashqari, akademiyada ta'lim olayotgan bolalar jiddiy noqulayliklarga duch kelayapti. Ovqat o‘choqda pishirilmoqda.
Afsuski, O‘FA va «Bunyodkor» klubi o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan stadion mash-mashasidan obekt jabr chekmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Milliy» stadionda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid
19:59 / 14.05.2026
«Bunyodkor» – Rivaldo mojarosi. Shartnoma yana buzildi
21:36 / 07.05.2026
“Hamma bo‘ynigacha qarz” – “Bunyodkor”da yuzlab ishchilar ofsaydga tushib qoldi
12:23 / 24.04.2026
«Bunyodkor» va Rivaldo mojarosi. Qarzni kim to‘laydi?
17:07 / 20.04.2026