Özbekiston va Qirğiziston çegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça navbatdagi muzokaralar bosqiçini tugalladi. "Interfaks" şu haqida xabar berdi.

Muzokaralar yakunlariga köra, Qirğizistonning Öş viloyati Qora-Suy tumaniga tegişli “Barak” eksklavi Özbekistonga ötadigan böldi, öz örnida Özbekiston esa Öş viloyati, Qorasuv tumaniga tutaş Oqtoş qişloq boşqaruvidagi teng yer maydonini Qirğizistonga taqdim etadi.

Xabarda aytilişiça, mahalliy aholi komissiya qaroriga rozilik bildirgan.

Özbekiston-Qirğiziston çegara delimitatsiyasi jarayonini 2018 yilda tugallaş rejalaştirilmoqda, 2019 yilda esa demarkatsiyaga kirişiladi. Bugunga qadar çegaraning 85 foizi delimitatsiya qilingan.

Çegarani demarkatsiya va delimitatsiya qiliş davlatlararo komissiyaning sönggi uçraşuvi 1-7 avgust kunlari Farğona viloyatida bölib ötgan edi. Komissiya kun tartibida hali yana ikkita anklav masalasini körib çiqiş turibdi: Şoximardon va Ğaznov.

Eslatib ötamiz, Özbekiston va Qirğiziston munosabatlarida sönggi 10 yil davomida ilk bor ijobiy natijaga ötgan yil Davlat çegarasi haqidagi dastlabki şartnoma imzolanganidan keyin erişilgan edi.