Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida rahbar özgardi. Tuman hokimi Bahodir Ğoyibnazarov işdan olingan.

Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga köra, endi tumanning yangi hokimi Şuhrat Sanjaroviç Muhammadxonov bölgan.

Qayd etiş kerakki, Bahodir Ğoyibnazarov 2017 yilning aprel oyida prezident tanqididan keyin Olmazor tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan, ammo şu yil oxirida, 2017 yilning dekabridan Şayxontohur tumaniga hokimlik qila boşlagandi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Toşkent şahrini aylangan, şu kuni Şayxontohur tumani faollari bilan uçraşuv ötkazgandi. Yiğilişda prezident şaharning ham tarixiy, ayni vaqtda markaziy tumanlaridan hisoblangan Şayxontohurdagi vaziyatni keskin tanqid qilgan, aholi uçun şaroitlar yetarli darajada yaratilmagani aytib ötilgandi.

Biroz avvalroq Oybek Anvarjonoviç Hoşimov Şayxontohur tumanining yangi prokurori etib tayinlangani xabar qilingandi.