"Sizning qönğiroğingiz biz uçun juda muhim, lekin ayni damda barça operatorlar band", degan gap faqat norozilikni keltirib çiqaradi. Virgin aviakompaniyasi mijozlari esa quyidagi javobni olişadi:

"Assalomu alaykum, mening ismim Riçard Brenson, men aviakompaniya egasiman. Ayni damda barça operatorlar band. Bu yaxşi emas. Keling, bunday yöl tutamiz: agar 18 soniyadan keyin sizning qönğiroğingizga heç kim javob bermasa, siz 450 funt çegirmaga ega bölasiz. Teskari hisob ketdi - 18, 17, 16, 15..."

Bunday javobni eşitgan mijoz faqat bir narsa haqida orzu qiladi - operator javob bermasa edi!

Bunday ajoyib biznes usuli zamonamizning eng badavlat va maşhur işbilarmonlaridan biri Riçard Brenson tomonidan öylab topilgan. U serğayrat, aqlli va biroz öziga xos fe'lga ega inson - ehtimol, aynan şu xislatlar unga kiçik musiqiy dökonni 10 yil içida xalqaro köp yönalişli biznesga aylantirişga yordam bergandir.

Riçard Brenson özining noodatiy çiqişlari bilan ham maşhur, şu bois uni stereotiplarni buzişni yaxşi köruvçi xippi-milliarder deb ataşadi.

Foto: AP

Işbilarmonning ta'kidlaşiça, faqat bir holatdagina muvaffaqiyatli biznes quriş mumkin: unga çin dildan yondaşilsa!

Riçard Brensonning ilhom baxş etuvçi 33 qoidasi:

  1. Işbilarmon böla turib xato qilmagan bölsangiz, siz işbilarmon emassiz.
  2. Hayotda faqat ölim va soliqlar oldida çorasizmiz. Biznesda esa faqat bir narsaga işonç hosil qiliş mumkin: bir kuni barçasi rejadagidek böladi.
  3. Yoqmagan işga qöl urmang.
  4. Men biznesga doim yoqimli maşğulot sifatida qaraganman va ba'zan iş qayerda tugab, şaxsiy hayot qayerda boşlanganini ham sezmay qolaman.
  5. Pul — muvaffaqiyatning yomon körsatkiçi. Undan faqat şon-şuhratgina ötişi mumkin.
  6. Menga qöl uçida xizmat körsatişsa ham, xursand bölaveraman. Yöq, men noqulaylikni yaxşi körmayman - şunçaki, eng yaxşi biznes-ğoyalarim menga sifatsiz xizmat körsatilgandan keyin paydo bölgan.
  7. Birovning fikriga quloq tutiş va özimning ğoyalarimdan-da yaxşi takliflarni qabul qilişga tayyorligim 40 yil davomida menga faqat yordam bergan.