Parvoz AQŞning Nyu-Mexiko ştatidan amalga oşirildi. U mahalliy vaqt bilan ertalab soat 08:30 da boşlanib, bir soat davom etdi. Parvoz Virgin Galactik kompaniyasi tomonidan jonli translatsiya qilindi va unda milliarder Yerning juda gözalligi haqida gapirib, hamkasblariga kosmik apparatni qurganlari uçun minnatdorçilik bildirişga ham ulgurdi.

Brenson Yerga qaytgaç, jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, koinotdan sayyorani tomoşa qiliş juda ajoyib hissiyotlar taqdim etişini aytdi. U quvonçi içiga siğmay, Unity'ning ilk tijoriy parvozi uçun ikkita örinni öziga xos viktorina tarzida ğoliblarga bepul taqdim etişini ma'lum qildi. Brensonga 5 nafar fazogirlar hamrohlik qilişdi. Virgin Galactic kompaniyasi allaqaçon sayyohlarni kosmosga olib uçiş böyiça harakatni boşlab yuborgan va ilk tijoriy parvoz keyingi yildan amalga oşiriladi. Kompaniyaning samolyot-raketasi sayyohlarni olib uçişidan avval milliarder şaxsan özi unda parvoz qilişga qaror qildi.

Foto: VIRGIN GALACTIC

Brenson 2004 yilda Virgin Galactic kompaniyasiga asos solgan va öşandayoq kosmosga uçiş niyatini aytgan edi. Öşanda milliarder köpi bilan 2007 yilda sayyohlarni koinotga olib uçişini ma'lum qilgandi, biroq jarayon 2021 yilda ham töliq taşkillaştirilgani yöq. Bu yöl Brenson uçun juda qiyin keçdi, biroq milliarder harakatdan töxtamadi. 2014 yilda uning raketaplani halokatga uçragan, oqibatda uçuvçi halok bölgandi.

«Men koinotga uçişni bolaligimdan orzu qilaman. Umid qilamanki, yaqin 100 yil içida bunday imkoniyatni yuz minglab odamlarga taqdim eta olaman. Nega odamlar koinotga uçmasligi kerak? Mening istagim şuki, ular ajoyib sayyoramizga yuqoridan qarab, Yerga qaytgaç, uni asraş uçun qöllaridan kelganiça harakat qilişsin», degan edi VVS bilan suhbatda Brenson.

Brensonning kompaniyasida yasalgan öziga xos raketa samolyot şaklida. Samolyot taşuvçi qism raketani 15 km tepagaça kötaradi. Keyin xuddi oddiy raketa kabi ajralib çiqib, öz dvigateli orqali ovoz tezligidan ham uç baravar kattaroq tezlikka kötarilib, Yer atmosferasi va koinot çegarasigaça uçib boradi. Yer atmosferasi va koinotning çegarasi 100 km tepada joylaşgan. Şu sabab maksimal parvoz balandligi 90 kmni taşkil etişi aytiladi. Undan tepada Yer tortiş kuçi işlamaydi.