Virgin Galactic kompaniyasining Galactic 01 missiyasi birinçi sayyohlarni 2023 yil iyun oyi oxirida fazoga uçiradi. Bu haqda kompaniya rahbari, milliarder Riçard Brenson xabar berdi.

May oyida ekipaj bilan dastlabki test parvozlari amalga oşirilişi kutilmoqda.

Birinçi reysga çipta sotib olganlarning ismi hozirça oşkor etilmadi. Bunday parvozning narxi 450 ming dollarga (≈5,1 mlrd söm) teng.

Virgin Galactic kompaniyasi VSS Unity raketoplanida Yer orbitasiga birinçi parvozni 2021 yil yozida amalga oşirgan edi. Keyin Brensonning özi taklifnoma olgan uç nafar sayyoh bilan samoga parvoz qildi. Keyingi reyslar uçun çiptalar faqat 2022 yilning fevral oyidan sotila boşlandi.

Bunday parvoz doirasida VSS Unity raketoplani White Knight Two taşuvçi samolyoti yordamida atmosferaga taxminan 15 km balandlikka kötariladi. Keyin u ajralib çiqadi va öz dvigatelini işga tuşirib, 3 Max tezlikka erişadi va 80 km balandlikka kötariladi. Parvoz paytida yölovçilar vaznsizlikni his qilişi va derazalar orqali Yer yuzasini körişi mumkin.