Biror işni maqsad qilar ekansiz, sizni maqtovçilar qatorida tanqidçingiz ham bölmasa, bilingki, siz omadsiz insonsiz. Maqtov bevafo döstdir. U sizni çöqqiga olib çiqib, omonat bir öringa joylab tuşadi. Sal harakat bilan u joydan pastga qulaşingiz mumkin. Agar omon qolib, sizni aldab ketgan öşa maqtovni qidirsangiz, zinhor uni topa olmaysiz. Çunki u yana bir maqtovga öç kimsani çöqqiga olib çiqib ketgan böladi. Lekin tanqid unday emas. Uning sizga qaratilgan har bir tanqidi yelkangizda bittadan qanot paydo qiladi. Tanqid qança köp bölsa, qanot ham şunçaga oşadi. Qanot qança köp bölsa, parvoz şunça yuqori böladi. Hayotimizdagi eng töğri va işonçli tanqid bizning xatolarimizdir. Xato qilyapmizmi, demak, biz yölda davom etyapmiz, turib qolmayapmiz. 

Xato biz ötmoqçi bölgan köprikning çirigan yoğoçlaridir. Toyilmagunça, köprik yaroqsiz ekanini bilmaysiz, demak, uzrlisiz. Ammo ketma-ket toyiliş ham aqldan emas. Nazaringiz qadamda bölişi şart. Maqsadga yetişimiz uçun hayotimiz davomida sodir qiladigan xatolarimizning örni juda kattadir. Ta'kidlaş joiz, xatoni ketma-ket sodir qiliş yaxşilik emas. Xato ham jonli mavjudotga öxşaydi. Maqsadga bexato yetib oliş niyatidagi qat'iyatimizni körar ekan, kutilmaganda yölimizda paydo bölib qolişdan çekinadi. Bir söz bilan aytganda, xato qilmaslik emas, xato qilişga örganib qolmaslik muhimdir. 


Zahiriddin Mansur