Vazirlar Mahkamasining farmoyişi bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Belgilanişiça:

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi (keyingi örinlarda “Özatom” agentligi deb ataladi) öz faoliyatini boşqa davlat va xöjalik boşqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravişda amalga oşiradi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga böysunadi;

“Özatom” agentligining rahbarlik lavozimlariga va konsultantlar sifatida jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarning iş haqi, unga yuklangan vazifalarni bajariş doirasida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelişgan holda belgilanadi va “Özatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan tölanadi;

“Özatom” agentligining xodimlari mehnatga haq tölaş şaroitlari böyiça Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq tölaşning tarif setkasini joriy etiş töğrisida” 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovada körsatilgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari xodimlariga, ijtimoiy-maişiy va tibbiy xizmat körsatiş şaroitlari böyiça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlariga tenglaştiriladi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi töğrisidagi nizomga köra, “Özatom” agentligi atom energetikasini rivojlantiriş va undan foydalaniş sohasida yagona davlat siyosati va strategik yönalişlari işlab çiqilişi va amalga oşirilişi uçun mas'ul davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.

“Özatom” agentligi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

“Özatom” agentligining öz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, boşqa taşkilotlar va mansabdor şaxslar, şuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi.

Quyidagilar “Özatom” agentligining atom energiyasidan tinçlik maqsadida foydalaniş sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari hisoblanadi:

atom energiyasidan tinçlik maqsadida foydalaniş sohasida davlat siyosatining ustuvor yönalişlari böyiça takliflarni, şu jumladan, normativ- huquqiy hujjatlar işlanmalarini tayyorlaş;