Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston tovar aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
Foto: UzReport
O‘zbekiston va Hindiston rasmiylarining fikricha, savdo-sotiqning hozirgi holati ikki mamlakatning salohiyatini aks ettirmaydi. Yaqin yillarda tomonlar tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining 11-majlisida.
«O‘tgan besh yil davomida deyarli ikki barobarga ortgan ikki tomonlama savdo aylanmasining barqaror o‘sishiga qaramay, bugungi kunda tovar aylanmasi hajmi ikki mamlakat iqtisodiyoti salohiyatiga mos kelmasligini tan olish zarur. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, u 323 million dollarni tashkil etdi», - deya ma'lum qildi Xolmurodov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston korxonalari uran konsentrati, rangli va nodir metallar, kimyo mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, yangi qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari kabi strategik tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni kengaytirishga tayyor.
«Bizda yaqin istiqbolda tovar aylanmasini bir necha barobarga oshirish va uni 1 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar bor», - deya ta'kidlab o‘tdi bosh vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
17:57 / 01.04.2026
Nafas olish imkonsiz – kichik hind shahri dunyoda eng iflos havoga ega ekani ma’lum bo‘ldi
13:08 / 23.03.2026