Yergeodezkadastr davlat qömitasiga uçuvçisiz uçar qurilmalarni olib kiriş va foydalaniş uçun ruxsat berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorida aytiladi.

Xususan, endi qömita huzuridagi «Geoinnovatsion markaz» Özbekiston hududiga uçuvçisiz uçar qurilmalarni olib kiriş va foydalaniş imkoniyatiga ega böldi.

Oldin ruxsat olgan xorijiy kinokompaniyalar ham Özbekiston haqida filmlarni suratga oliş uçun vaqtinça dronlarni olib kiriş huquqiga ega.

Qolgan barça uçun dronlarni olib kiriş va foydalaniş uçun Vazirlar Mahkamasidan maxsus ruxsatnoma olişni talab qiluvçi eski qoidalar qöllaniladi.

Yergeodezkadastr, şuningdek, dronlar işlab çiqarilişini mahalliylaştiriş, ulardan foydalaniş böyiça tavsiyalarni işlab çiqiş, operatorlarni tayyorlaşga yordam beriş, qurilmalarni ta'mirlaş va ularga xizmat körsatiş bilan şuğullanadi.

Şuningdek, uşbu qömitadan dronlarni ijaraga ham oliş mumkin böladi. Biroq, buni faqat Vazirlar Mahkamasining yuqorida körsatilgan ruxsatnomasini olgan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari amalga oşirişi mumkin.