Köksaroyda Tojikiston prezidentini rasmiy kutib oliş marosimidan keyin davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boşlandi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni mamlakatimizga taşrifi bilan qutlab, ikki davlat örtasida siyosiy işonç darajasi oşgani, uzoq yillik dolzarb masalalar qisqa muddatlarda hal etilganini ta'kidladi.
«Biz sizning ilk davlat taşrifingizga Özbekiston-Tojikiston munosabatlarining yangi tarixidagi muhim siyosiy voqea sifatida qaraymiz. Bu tomonlarning özaro manfaatli hamkorlikni döstlik, yaxşi qöşnilik va manfaatdorlik tamoyillari asosida yanada kengaytirişga intilişi qat'iy ekanidan dalolat. Bugun mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya salohiyatini töliq röyobga çiqariş, madaniy-gumanitar aloqalarni faollaştiriş borasida ulkan imkoniyatlar oçilmoqda. Bu taşrif haqiqatan ham tarixiy bölişi, kelişuvlarimiz uzoq yillar xalqlarimizga xizmat qilişini istaymiz», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.
Emomali Rahmon Özbekistonga taklif va samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, uşbu uçraşuv hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiliş uçun qulay imkoniyat ekanini qayd etdi.
«Sizning joriy yil mart oyida Tojikistonga davlat taşrifingizni mamnuniyat bilan eslayman. U mamlakatlarimiz munosabatlarini qayta tiklab, turli sohalardagi hamkorlikka kuçli turtki böldi. Samarali taşqi siyosatingiz tufayli Özbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi reytingi oşib bormoqda. Mamlakatingiz, odamlar hayotida ham katta özgarişlar bölmoqda. Bu davlat taşrifim xalqlarimiz uçun juda muhim», degan qöşni davlat rahbari.
Qayd etiş kerakki, ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi va sa'y-harakatlari tufayli davlatlararo munosabatlar mustahkamlandi. Şavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon xalqaro forumlar doirasida uçraşib, telefon orqali tez-tez muloqot qilib, mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarni izçil rivojlantirib kelmoqda.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, energetika, qişloq va suv xöjaligi, turizm va boşqa sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş, odamlar uçun qulayliklarni oşiriş masalalari muhokama etildi. Bu boradagi qöşimça imkoniyatlarni işga solişga, hududlar, yirik korxonalar va tadbirkorlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga, madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştirişga kelişib olindi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşdi.






















