2018 yil 17 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari S.Safoyevning Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasi (OPIC) vitse-prezidenti D. Boxigien boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Foto: senat.uz

Mehmonlar mamlakatda öz faoliyatini qayta boşlagan Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasining, AQŞ Hukumati huzuridagi agentlikning maqsadi Özbekiston bozoriga mablağlar kiritişda amerikalik tadbirkorlarga kreditlar va kafolatlar beriş orqali kömaklaşişdan iborat ekanligini ta'kidlab ötdilar.

Şuningdek, Korporatsiya xususiy va boşqariladigan investitsiya jamğarmalarini taşkil etişni ham qöllab-quvvatlaydi. Kapital bilan qöllab-quvvatlaşdan taşqari, OPIC rivojlanayotgan mamlakatlarga boşqaruv könikmalari va moliyaviy ekspertizadan foydalanişda ham yordam körsatadi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy taraqqiyotni kengaytirişda hamda tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişda muhim omil hisoblanadi.

Foto: senat.uz

Suhbat çoğida Korporatsiya vakillari mamlakatimizda birinçi navbatda siyosiy va iqtisodiy vaziyatning barqarorligi hamda investorlarning xavfsizligi mustahkam ta'minlanayotganligi tufayli Özbekiston bozoriga kapital kiritiş istiqbolli ekanligini ta'kidladilar.

Bugungi kunda korporatsiya aktivlari 20 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etadi. OPIC jahonning 160 ta rivojlanayotgan mamlakatida faoliyat olib boradi va axborot texnologiyalari, soğliqni saqlaş, ta'lim, infratuzilma, telekommunikatsiyalar, moliyaviy xizmatlar, uy-joy bozori va qişloq xöjaligi kabi turli sohalarda biznesni moliyalaştirişda kömak beradi. Şuningdek, OPIC kiçik biznesdan tortib to taşqi bozorda ipoteka kreditini berişgaça kreditlaşning har xil turlariga subsidiyalar ajratiş uçun xorijiy mamlakatlarning moliyaviy muassasalari bilan ham hamkorlik qiladi.