Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Şahrixon tumanidagi bozorda röy bergan «samosud» holati tasvirlangan yana bir video tarqalgaç, Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati «Kun.uz»ga uşbu hodisa tafsilotlari yuzasidan izoh berdi. Ma'lum bölişiça, bu ayol bozorda öğrilik qilayotganida qölga tuşganidan keyin suv orqali qoçib qutulmoqçi bölgandi.
«2018 yil 14 avgust kuni soat 11.00 larda muqaddam öğrilik jinoyati uçun sudlangan A.A. Şahrixon şahar A.Temur köçasida joylaşgan savdo bozorida savdo qiluvçi I.N sumkasidan 192.000 söm, fuqaro S.G sumkasidan 270.000 söm, sotuvçi S.M. sumkasidan 30.000 söm miqdoridagi pullarni va uyali aloqa telefonlarini yaşirin ravişda olib, hodisa joyidan yaşirinmoqçi bölganida qölga tuşgan. Voqea joyida jabrlanuvçi I.N va hodisaga bevosita guvoh bölgan G.R uni tuman içki işlar xodimlariga topşiriş maqsadida uşlab olişgan.
Natijada A.A jinoiy javobgarlikdan hamda fuqarolardan qoçib yaşiriniş maqsadida özini öşa yerdan oqib ötuvçi «Şahrixonsoy» kanaliga taşlagan. Voqea joyiga yetib borgan tuman IIB profilaktika inspektori tomonidan suvda oqib ketayotgan A.A qutqarib qolingan. Tuman IIBga olib kelinganida, unga nisbatan heç qanday kuç işlatiş alomatlari aniqlanmagan.
Sodir bölgan mazkur holat içki işlar bölimi xodimlari tomonidan rasmiylaştirilib, A.A ning yonida alohida-alohida solingan 192.000, 295.000, 31.000 söm miqdoridagi pullar xolislar iştirokida aşyoviy dalil sifatida bayonnoma orqali olingan. Mazkur holat yuzasidan 14 avgust kuni tuman IIB tomonidan A.A ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
16 avgust kuni gumonlanuvçi A.A ga himoya huquqi ta'minlanib, tergov harakatlari davomida unga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e'lon qilinib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi tanlangan.
Tergov davrida I.N, G.S va M.S söroq qilinib, jabrlanuvçi sifatida e'tirof etilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.
Bundan oldinroq Xalq deputatlari Uçtepa tuman kengaşi deputati Nuriddin Zaynitdinov uşbu holatga öz munosabatini bildirib ötgandi.
«Kim bölişidan qa'ti nazar bunday holatga yöl qöyilişi mumkin emas! Heç qaçon! Jamiyat u qanday jamiyat bölmasin, u albatta qonun-qoida asosida, tartib-intizom bilan yaşaşni istaydi, şundagina millat, xalq birligi, totuvligiga erişiladi. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oşirilişi şart», - degandi deputat.











