Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Super kambek. «Zenit» «Barselona» qahramonligini takrorladi
Yevropa Ligasida 3-saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi.
«Zenit» o‘z maydonida Minskning «Dinamo» klubini qabul qildi. Dastlabki o‘yinda rossiyaliklar 0:4 hisobida yutqazgan edi.
Javob bahsi mezbonlarning katta ustunligida o‘tdi. O‘yinning asosiy vaqtida «Zenit» 4ta gol urdi, natijada, qo‘shimcha vaqtlar belgilandi. Unda «Dinamo» 1ta gol urib, keyingi bosqichga chiqishga yaqin edi. Ammo, «Zenit» yana kuchli iroda namoyish qilib, 4ta gol urdi va 8:1 hisobida g‘alaba qozonib, fantastik kambek qilgan holda keyingi bosqichga chiqdi.
Endi «Zenit» Yevropa Ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun Norvegiyaning «Molde» klubi bilan bellashadi.
Yevropa Ligasi, 3-saralash bosqichi
Javob o‘yini
Zenit (Rossiya) – Dinamo (Minsk, Belarus) - 8:1
16 avgust, «Petrovskiy» stadioni
Gollar: 1:0 – 22 Paredes, 2:0 – 66 Noboa, 3:0 – 75 Dzyuba, 4:0 – 78 Dzyuba, 4:1 – 99 Yaxaya, 5:1 – 109 Driussi, 6:1 – 115, penalti Dzyuba, 7:1 – 120, penalti Mak, 8:1 – 120 Mak.
Zenit – Lunev, Mevlya, Ivanovich, Anyukov, Nabiullin (Zabolotnyy, 59), Noboa (Smolnikov, 103), Paredes, Yeroxin (Mak, 102), Kuzyayev, Ernani (Driussi, 61), Dzyuba.
Dinamo Minsk – Gorbunov, Begunov, Rosha (Gavrilovich, 92), Galovich, Shitov, Trebotich (Navalovskiy, 72), Yaxaya, Korzun, Shvetsov, Xvashchinskiy (Kaplenko, 55), Ivanov (Makas, 65).
Ogohlantirishlar: Noboa (11), Begunov (22), Shvetsov (45), Paredes (64).
Chetlatishlar: Paredes (72), Shvetsov (120).
Mavzuga oid
07:59 / 08.05.2026
Angliyaning uchta klubi yevrokuboklar finaliga chiqdi
05:16 / 07.03.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar
03:32 / 31.01.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ni o‘tish bosqichiga olib chiqdi, «MYu» va «Tottenhem» to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalda
01:56 / 23.05.2024