Kataloniya rahbari Kim Torraning ma'lum qilishicha, mintaqa hukumati «nohaq ispan davlati»ga qarshi kurashmoqchi. Bu haqda El Mundo xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, katalonlar hukumati Kataloniyani respublika qilish uchun «ispan davlatiga hujum qilishni» rejalashtirmoqda.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Kataloniya o‘ziga «fuqarolik va siyosiy huquqlarni» qaytarish niyatida.
Torraning qo‘shimcha qilishicha, mustaqil Kataloniyaning tarafdorlari «erkinlikka erishmaguncha» to‘xtamaydi.
















