«Yuventus»» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubi a'zolari kechki ovqatni tanovul qilishayotgan vaqtda ularga qo‘shiq kuylab berdi.

Internetda tarqalgan videolarda 33 yoshli futbolchining stul ustiga chiqib olib, ashula aytib berganini ko‘rish mumkin.

 

A post shared by ItalianFootballTV (@iftvofficial) on

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Italiya chempioni bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekkan. Uning yillik maoshi 30 million yevroni tashkil etadi. Jamoa bugun A Seriyaning ilk turida «Kevo» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.