Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Toşkent şahrida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş böyiça huquqiy eksperiment töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan belgilanişiça, Toşkent şahar hokimi 2018 yil 1 oktyabrga qadar muddatda Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasi va Toşkent şahrining boş rejasi loyihalarini işlab çiqiş böyiça xalqaro tanlov ötkazilişini ta'minlaydi.

Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasi va Toşkent şahrining boş rejasi loyihalarini işlab çiqiş böyiça buyurtmaçi funksiyasi Toşkent şahar hokimi devoniga yuklanadi.

Quyidagilar Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasi va Toşkent şahrining boş rejasi loyihalarini işlab çiqişning moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablağlari;

tadbirkorlik sub'yektlarining davlat-xususiy şeriklik şartlarida jalb etiladigan mablağlari.

Toşkent şahar hokimi:

2019 yil 1 yanvarga qadar Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;

2019 yil 1 dekabrga qadar tasdiqlangan Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasi asosida Toşkent şahrining boş rejasini tasdiqlaş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.