Shavkat Mirziyoyev «Samarkand city» qurilishiga doir loyihalar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Samarqandda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga doir loyihalar bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Ma'lumki, Amir Temur ko‘chasining ikki yonida qariyb 14 gektar maydonda «Samarkand city» bunyod etish rejalashtirilgan. 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Samarqandning turistik salohiyatini zamon talablari darajasiga ko‘tarishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijlik investorlar jalb etilib, bir nechta shartnoma va bitimlar imzolangan.
Samarqandning tarixiy qadamjolari hisobiga «Samarkand city» zamonaviy turizm markazi bo‘ladi. Dunyoda nimaiki xizmat turlari bo‘lsa, bu yerda muhayyo bo‘lishi kerak. Bu yerdagi inshoot va ko‘ngilochar maskanlar muntazam ishlashi, xarajatni oqlab, daromad keltirishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Samarqand shahri Bosh rejasini xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda loyihalashtirish, katta mehmonxonalar bilan birga sayyohlar uchun kichik-kichik otellar ham bunyod etish zarurligini ta'kidladi.
Samarqandda yo‘llar, binolar, transport infratuzilmasi, o‘rindiqlargacha - hamma-hammasi chuqur o‘ylanishi, insonlar uchun qulay bo‘lishi lozim, dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024