Asadjon Xöjayev Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlaşga kömaklaşiş markazi direktori etib tayinlandi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Xöjayev 2017 yil martidan avgustgaça prezident Şavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati rahbari bölib işladi. Keyinçalik Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinçi örinbosari etib tayinlandi.
Taxminlarga köra, Asadjon Xöjayev mamlakatdagi eng yirik «Şarq taronalari» musiqa festivali ommaviy axborot vositalarida yetarli darajada yoritilmagani tufayli lavozimidan olingan.
2011-2012 yillarda Xöjayev Intellektual mulk agentligi, 2012-2017 yillarda - Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasiga rahbarlik qilgan.

















