
Kiberxavfsizlik markaziga köra, Oliy Majlis Senati rasmiy saytiga kiberhujum uyuştirgan haqiqiy haker Namangan viloyatining Norin tumanida yaşaydi. Markaz tomonidan berilgan ma’lumot asosida u 3 noyabr kuni içki işlar organlari xodimlari tomonidan qölga olingan.
“Men Namangan viloyatining Norin tumanida tuğilganman. Bu hujumni 2 noyabr kuni taxminan soat 11:00 larda bajardim. Şunçaki saytning zaifligini körsatib qöymoqçi edim. 28 oktabr kuni web-saytning egalariga bu haqda report qilingan, lekin javob kelmadi. Şu sabab bu işni qilgim keldi», – deydi Kiberxavfsizlik markazi xodimlariga intervyu bergan yoş haker.

Uning ta’kidlaşiça, Senat saytiga uyuştirilgan hujum ortida özi va tengdoşlari turganini aytib MY5 telekanaliga intervyu bergan 14 yaşar hakerning aytgan gaplari yolğon.
“Bu intervyudagi hamma aytilgan gaplar yolğon. MarşGoldenʼni men yaratganman. Telegram-kanal ham menga tegişli, uning admini ham menman. Ripper Eminemning Marsh degan qöşiği bor. Şuni yaxşi körganim uçun özim asos solgan hakerlik guruhini MarshGolden deb ataganman. Men Senat saytiga hujumni Python kodi orqali amalga oşirganman. Saytning zaifliklari köp bölgani uçun defeys köpga çözilmagan”, deya ta’kidlaydi namanganlik ösmir.
Haker bu işlarning noqonuniy ekanini bilmagani, soha xodimlari uning uyiga kelib, buni tuşuntirganini, qilgan işidan puşaymon ekanini aytmoqda.
Qayd etilişiça, röy bergan qonunbuzarlik böyiça jazo muqarrarligi ta’minlanadi. Ayni paytda voqeaga doir daliliy aşyolar böyiça ekspertiza tayinlanib, holatga huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan örganiş davom ettirilmoqda.

















