Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan şu yil 2 noyabr kuni Oliy Majlis Senati rasmiy saytiga kiberhujum uyuştirgan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-2-moddasi 2-qismi «a» bandi (Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qayd etilişiça, tergovga qadar tekşiruv vaqtida Norin tumani Uluğbek köçasida yaşovçi voyaga yetmagan 16 yoşli M.B. boşqalar bilan oldindan özaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bölib Senat sayti hamda boşqa saytlarga kiberhujumlar amalga oşirişgani aniqlangan.
Jinoyat kodeksining 278-2-moddasi 2-qismi «a» bandida közda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybdor deb topilganlar bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima; bir yildan ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari; bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Eslatib ötamiz, 2 noyabrdagi kiberhujum natijasida Oliy Majlis Senatining rasmiy saytiga kiriş bir muddat imkonsiz bölib qolgandi.
Bu vaqtda saytda “Kiberxavfsizlik markaziga salomlar” hamda “sizning tizimingiz [hakerlar guruhining logotipi] tomonidan buzib kirildi” degan yozuv körinib turdi.
Senatning Telegram’dagi rasmiy kanalida hakerlar hujumi tufayli Senat.uz saytining iş qobiliyati buzilgani, ayni paytda sayt faoliyatini qayta tiklaş çoralari körilayotgani ma’lum qilindi.
Senat.uz saytiga kirmoqçi bölganlar subdomenga yönaltirilgandi. Tanzila Norboyevaning matbuot kotibi Hojiakbar Tölaganov uşbu subdomen Senatning yangiça dizayndagi sayti ekani, kiberhujum ortidan test rejimidagi sayt vaqtinça işga tuşirib qöyilganini ma’lum qildi.
5 noyabr kuni MY5 telekanali Oliy Majlis Senati saytiga kiberhujum uyuştirganlar 6 kişi bölib, ularning barçasi 14 yoşdagi ösmirlar ekani haqida xabar tarqatdi. Telekanalga intervyu bergan va özini MarshGolden yetakçisi deb taniştirgan şaxs bungaça ham bir neça davlat organlari saytlariga, jumladan, Kundalik.com saytiga ham buzib kirişganini aytgandi.

















