Turkmaniston Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi ta'sisçi davlatlari rahbarlarining navbatdagi yiğilişiga qizğin tayyorgarlik körmoqda va unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etişi kutilmoqda. Bu haqda mahalliy turkman naşrlari xabar beradi. 

«Sammitni yuqori darajada ötkaziş va unga  tayyorgarlik köriş böyiça Hukumatning tegişli qarori qabul qilindi. «Avaza» milliy turistik zonasida taşkil etilişi rejalaştirilgan sammit 24 avgust kuni öz işini boşlaydi», deyiladi xabarlarda. 

Şuningdek, sammit doirasida jamğarmaning Barqaror rivojlaniş böyiça davlatlararo komissiya, Suv xöjaligi işlarini muvofiqlaştiriş böyiça davlatlararo komissiya ham iş olib borişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilib, Turkmaniston prezidentini tuğilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod et​gandi. Suhbatda Turkmaniston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni joriy yil avgust oyida Aşxobodda bölib ötadigan Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi ta'sisçi davlatlari rahbarlarining sammitida iştirok etişga taklif qilgandi.  ​