Yangi Zelandiyaning ayollar masalalari böyiça vaziri homilador holatda turuqxonaga velosipedda yöl oldi. BBCning yozişiça, uning sözlariga köra maşinada unga joy qolmagan.
Yaşillar partiyasi vakilasi Juli Jyenter «Instagram»da özining rafiqi bilan yakşanba tongida velosipedda sayr qilayotganining suratlarini joylaştirdi.
Juli uçun mamlakat boş vaziri — işni onalik mehri bilan uyğunlaştirgan boş vazir Jasinda Ardern namuna bölib xizmat qilgan bölişi kerak. Darvoqe, Julining ham, Jasindaning ham Oklenddagi şahar jamoatçilik şifoxonasida közi yorigan.
Bir vaqtning özida transport vaziri yordamçisi vazifasida ham işlayotgan 38 yoşli Jyenter butun mamlakatga aşaddiy velosipedçi sifatida maşhur.
«Mana, vaqt-soati yetib keldi, menga omad tilanglar!» — deb yozgan u öz obunaçilariga murojaat qila turib. — Men öz turmuş örtoğim bilan vilosiped tanladik, çunki maşinada meni qöllab-quvvatlovçilar dastidan böş joy qolmagan ekan, lekin bu mening kayfiyatimni juda kötardi!»

















