O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining 125 kg vazn toifasidagi vakili Davit Modzmanashvili Osiyo o‘yinlarida finalga chiqa olmadi.
U yarim finalda eronlik Parviz Hadizodaga qarshi kurashib, 8:11 hisobida (6:4, 2:7) hisobida mag‘lub bo‘ldi.


Endi Modzmanashvili bronza medali uchun hindistonlik Sumit Sumitga qarshi gilamga chiqadi.

Davit Modzmanashvili nimchorak finalda indoneziyalik Dimas Septo Anugharani 10:0, chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Natsagsuren Zolboo ustidan 3:0 (1:0, 2:0) hisobida g‘olib chiqib, yarim finalga yetib kelgandi.
Bundan avvalroq ayollar kurashida 50 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Dauletbike Yaxshimuratova yarim finalda yutqazgani va bronza uchun kurashishi ma'lum bo‘lgandi.

Uning medal uchun raqibi janubiy koreyalik Kim Hyungju bo‘ladi.
















