
Joriy yilning 18-19 avgust kunlari Farğona viloyatining Rişton tumanida “Green city - Yaşil şahar” ekofestivali bölib ötdi. Tuman hokimlik vakillari bu haqida Kun.uz'ga xabar berişdi.


Ekofestivalda ot, tuya, tuyaquş, kurka, ğoz, ördak, baliq, quyon, manzarali gullar hamda sayroqi va körkam quşlar, şuningdek akvarium baliqlarini boqib köpaytiriş bilan şuğullanib kelayotgan yaşil tabiat ixlosmandlari iştirok etmoqda.


“Festival ikki kun davom etadi. Uşbu ekofestival doirasida noyob jonivorlar, turli xil quşlar va gullardan iborat yarmarka taşkil etildi. Rişton tumanining turistik salohiyatini kuçaytiriş, içki va va ekoturizmni rivojlantiriş assosiy vazifalarimizdan biridir”, - deydi tuman hokimining örinbosari Abdusalom Siddiqov.

Bundan taşqari, ekofestival doirasida tuman madaniyat bölimi tomonidan madaniy-köngiloçar tabdirlar, el ardoğidagi xonandalar tomonidan milliy kuy-qöşiqlar va raqslar dasturi taqdim etildi.
















