Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tugmali telefonlarga bo‘lgan qiziqish keskin oshdi
Foto: getty images
Internetga ulanmaydigan tugmali telefonlar sotuvi 2017 yilda besh foizga o‘sdi. Eski modellarga qiziqishning ortishi uzoq yillar davomida birinchi bor kuzatilmoqda, deya xabar beradi Sky News.
Shu bilan birga, smartfonlar savdosi kutilmaganda ikki foiz darajasida pasaydi, deya ta'kidlaydi nashr. Telefonni xarid qilishdagi ustuvorlikning o‘zgarishiga ijtimoiy tarmoqlarga kechayu-kunduz kirishdan charchash sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilar Instagram yoki Facebook’dagi yangilanishlarni tekshirishdan o‘zlarini tiyib, internetga kirmaydigan modellarni sotib olishmoqda.
Fox News ma'lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha foydalanuvchi har 12 daqiqada smartfondagi yangiliklarni tekshiradi. Ofcom tadqiqotining baholashicha, britaniyaliklarning 78 foizi o‘z hayotini telefonsiz tasavvur qila olmaydi. Odatda yoshi katta avlod kuniga ikki soat-u 28 daqiqa onlayn bo‘ladi, 18-24 yoshdagilar o‘rtasida esa internetda o‘tirish vaqti uch soat-u 14 daqiqani tashkil etadi.
Mavzuga oid
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026
Tadqiqot: noteng daromadlar siyosiy beqarorlikka olib boradi
12:24 / 18.01.2026