Özbekiston erkin kuraş jamoasi Osiyo öyinlarida delegatsiya hisobiga uçinçi medalni olib berdi.

97 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Magomed Ibragimov bronza medal uçun bahsda yaponiyalik Takeşi Yamaguçini mağlubiyatga uçratdi.

Bahsning birinçi raundi Özbekiston vakilining töliq ustunligida ötdi - 6:0. Ikkinçi raundda esa yaponiyalik sportçi jiddiy jarohat oldi va bahsni davom ettira olmadi.

Natijada, Ibragimovga texnik ğalaba yozildi hamda u Özbekiston hisobiga yana bitta bronza medal olib keldi.

Bungaça 65 kg vazn toifasidagi Sirojiddin Hasanov bronza, 74 kg vazn toifasidagi Bekzod Abdurahmonov oltin medal olgandi.