Osiyo öyinlariga yöl olgan Özbekiston delegatsiyasi hisobi yana bitta medal bilan boyidi. 

Ikkinçi medalni ham erkin kuraşçilar olib berişdi.

74 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Bekzod Abdurahmonov oltin medal uçun qozoğistonlik Daniyar Kaisanovga qarşi bellaşdi va 3:2 (0:1, 3:1) hisobida ğalaba qozondi.

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi Osiyo öyinlaridagi ilk oltin medalni qölga kiritdi.

Qayd etiş kerakki, Bekzod Abdurahmonov endi ikki karra Osiyo öyinlari ğolibiga aylandi. Abdurahmonov 2014 yili Inçxonda ötkazilgan Osiyo öyinlarida ham Özbekiston delegatsiyasiga ilk oltin medalni olib kelgandi.

U şuningdek, jahon çempionati sovrindori, 2016 yilgi Yozgi Olimpiada iştirokçisi hisoblanadi.

Bundan avvalroq 65 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Sirojiddin Hasanov bronza medal uçun bahsda möğulistonlik Batmagnai Batçuluunni mağlubiyatga uçratib, Özbekiston delegatsiyasiga ilk medalni olib bergandi.