AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar pastor Endryu Bransonni ozod etiş böyiça iş yuzasidan turk tomoniga yon bermoqçi emas. Bu haqda davlat rahbari Reuters’ga bergan intervyusida aytib ötdi.
Trampning sözlariga köra, hozirgi vaqtda Turkiya tomonidan amalga oşirilayotgan narsa «afsuslanarli». Uning ta'kidlaşiça, Anqaradan «mutlaqo begunoh» Branson Turkiya hududidan ozod qilinişini kutmoqda.
«Öylaşimça, Turkiya dahşatli xatoga yöl qöymoqda. Yon beriş bölmaydi», - deya ta'kidlab ötdi Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Turkiyaning Bransonga aloqador taklifini rad etgandi.
Anqara agarda AQŞ Eronga nisbatan sanksiyalarni buzganligi sababli Qöşma Ştatlarda turk bankiga tahdid solayotgan milliardlab dollarlik jarimadan voz keçsa, amerikalik pastor Endryu Bransonga qöyilgan ayblovlarni olib taşlaş taklifi bilan çiqqan.

















