Yunusobodda 166ta ko‘p qavatli uyni ta'mirlash uchun 20,6 mlrd so‘m ajratilgan
2018 yil 20 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.
Majlisda Toshkent shahar tumanlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni va aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining Yunusobod tumani bo‘yicha axboroti eshitildi, shuningdek mas'ul vazirlik va idoralar, tuman hokimligi rahbarlarining belgilangan vazifalarni ijro etish chora-tadbirlari haqidagi axborotlari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, aksariyat mahallalarning aholisini ish o‘rinlari yetishmasligi, kommunal xizmatlar sifatining pastligi, yo‘llarning nosozligi, qonunga xilof qurilishlarning ko‘pligi tashvishga solmoqda. Shuningdek, ayrim fuqarolarning atrof muhitga zarar yetkazayotgani, xususan suvlarni bulg‘ash va ifloslantirish holatlarining ko‘plab sodir etilayotgani keng jamoatchilikda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Shuningdek, qo‘shma majlisda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari ham muhokama etildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, joriy yilda hududdagi ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha olib borilgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi. Unga ko‘ra, 40 mahalladagi 166 ko‘p qavatli uy-joylarni ta'mirlash ishlari uchun kredit, byudjyet mablag‘lari hisobidan 20,6 milliard so‘m ajratilgan. Biroq shunday bo‘lsa-da, soha xodimlarining o‘rganishlari davomida 14 avariya holatidagi ko‘p qavatli uylar borligi, ushbu muammoga tez fursatda chora ko‘rish lozimligi bo‘yicha soha xodimlariga zarur topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
08:08 / 08.11.2024
Yunusobodda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi
07:24 / 02.09.2024
Sud qarorisiz va uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi
13:40 / 20.08.2024
Toshkentda qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
07:59 / 03.08.2024