Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Rossiya qurollari o‘rtasidagi farq aytildi
F-15 Eagle/Foto: The National Interest
Amerika qurollari Rossiyanikidan ko‘ra qimmatroq va murakkabroqdir, ammo bundan faqat qanday qo‘llashni biladigan mamlakatlar, masalan, Isroil samarali foydalanishi mumkin. Bu haqda The National Interest muallifi Maykl Pek yozmoqda.
«Amerikaliklar o‘z askarlari eng ilg‘or uskunalarni olishmasa, dahshatga tushishadi. Rossiya soddalik uchun murakkablikdan voz kechishga tayyor», - deb yozadi ekspert Amerika nashri sahifalarida.
Shu tariqa, Pek «Sputnik» tomonidan taqdim etilgan rossiyalik harbiy ekspert Dmitriy Drozdenkoning nuqtai nazariga izoh berdi. Unga ko‘ra, AQSh o‘zining F-15 Eagle va F/A-18 Hornet to‘rtinchi avloddagi qiruvchilarini Rossiyaning Su-35 xususiyatlariga moslashtirmoqda, sababi F-35 Lightning II juda ko‘plab kamchiliklarga ega. Shu bilan birga, Drozdenkoning fikricha, beshinchi avloddagi qiruvchilarda texnologiyalarga juda katta e'tibor qaratib yuborilgani tufayli murakkabliklar bor.
Shuningdek, ekspertning fikricha, F-35 Lightning II’ning asosiy afzalliklaridan biri sifatida e'lon qilingan payqalish darajasining kamligi, radar vositalari kuchayib borgani sari amerikalik hamda ularning ittifoqchilarini raqibga nisbatan ustunlik bilan ta'minlay olmaydi. «Havo janglari hech qachon yo‘qolmaydi. Amerikaliklar dastlabki kunlarda yaxshi jang qilishadi, biroq bir necha kundan so‘ng biz o‘zimizga kelib olamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Drozdenko.
Pekning qayd etishicha, Rossiya va Amerika qurol-yarog‘ konsepsiyasi mamlakatlarning tarixiy xususiyatlariga bog‘liq - agar XX asrda AQSh o‘z mamlakatidan tashqarida urushlarda ishtirok etgan bo‘lsa, Rossiya o‘z hududida dushman bilan olishgan. Amerikalik mutaxassisning xulosa qilishicha, urush va texnologiyalar har doim ham bir-biriga o‘xshamaydi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.01.2026
Ukraina o‘z yerlarini berib qo‘ymaydi – Zelenskiy
01:00 / 25.01.2026
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
14:49 / 24.01.2026