Suv — inson hayotida muhim ahamiyatga ega bölgan ne'mat. Qişloq xöjaligida esa uning qiymati ba'zan oltindan ham qimmatroq.

Bugungi maqolamizda ariqlar kömilib borayotgani tufayli, suvsiz qolib ketayotgan, natijada, rözğor tebratişda qiynalayotgan aholi dardi haqida gapiramiz.

Xorazm viloyati, Xiva tumani, «Çanaşik» mahallasida istiqomat qiluvçi bir qança hamyurtlarimizni şu muammo taşvişga solmoqda. Qişloq hududidan ötuvçi ariq aholi tomonidan özboşimçalik bilan kömib yuborilişi, uning ustida noqonuniy quriliş işlari amalga oşirilişi natijasida, tobora yöqolib bormoqda. Natijada mahallaning çekkasida istiqomat qiluvçi aholining tomorqasiga suv yetib bormayapti.

Kun.uz Xiva tumani, «Çanaşik» mahallasiga borib, vaziyatni kuzatdi, aholi bilan suhbatlaşdi.

65 yoşli otaxon, mahallaning sobiq posboni Matçonov Otaboy sözlariga köra, mahalla hududidan ötuvçi va çekka joylardagi odamlarning tomorqasiga suv olib boruvçi ariq odamlar tomonidan kömib yuborilmoqda.

«Mahallaning çekka hududlarida yaşovçi odamlarning tomorqasi mana şu yagona ariqdan suv içardi. Hozir esa bu ariq kömib yuborilmoqda va yöqolib ketmoqda. Uning atrofiga odamlar turli daraxtlarni ekişgan, natijada, ariq kiçrayib bormoqda. Oldin mana şu ariqdan nafaqat aholining tomorqasini, balki 75 ga yerni suğoriş uçun foydalanilar edi. Köplab rahbarlarga murojaat qildik, biroq, heç kim ariqni tozalatib beramiz degan sözdan nariga ötmayapti».

58 yoşli ayol Gavhar Matkarimova sözlariga qaraganda, ariq muammosi aholini juda qiynab qöygan.

«Mahallamizning erkaklari xorijga işlagani ketgan. Hozir bu yerda ayollar, yoş bolalar va qariyalar qolgan. Biz qanday qilib bu ariqni özimiz qazib, çuqurlaştirişimiz mumkin. Oddiy traktor bir neça metr joyni qazib beriş uçun 250 ming söm söraydi. Bunga qurbimiz yetmaydi».

Ayni paytda, «Çanaşik» mahallasida «Obod qişloq» dasturi asosida obodonlaştiriş, ijtimoiy-maişiy binolarni quriş işlari boşlab yuborilgan. Ulardan biri, ya'ni mahalla qömitasi binosi aynan şu ariqning ustiga töğri kelib qolgan.

«Mahalla qömitasi binosi ariq ustiga qurilmoqda. Tomorqamizga suv qayerdan boradi desak, «12 metrli quvur taşlanglar, şu orqali suv boradi», degan javobni oldik. Bunga mablağni qayerdan olamiz? Nima uçun biz quriliş işini özimiz qilişimiz kerak? Daryo suvi loyqali, agar quvur tiqilib qoladigan bölsa, uni içiga kirib, qanday oçamiz?» — dedi köp yillar davomida öqituvçi bölib işlagan Gavhar Matkarimova.

«Ariqlarga örnatilgan quvurlarning içiga loy yiğilib, tez-tez tiqilib qoladi. Içiga yoş bolalarni kiritib, uni tozalab turişga majburmiz. Kattalar kirolmaydi, siğmaydi. Agar 12 metr quvur taşlasak, buni qanday tozalaymiz?» — dedi Otaboy Matçonov.

Nafaqadagi 63 yoşli Jumaniyazova Roviyajon sözlariga köra, tomorqalarni suğoriş imkoniyatining yöqolib borayotgani odamlarni xavotirga solyapti.

«Mana şu ariqdan 200ga yaqin uy-xöjaligi tomorqasi suğorilar edi. Odamlar şuning ortidan rözğor tebratişardi. Aslida, bu katta ariq edi. Endi eni yarim metrga bormaydigan ariqça bölib qoldi. Ikki yildan beri boğlarimiz suv içmayapti, bolalarimizga meva yedirolmayapmiz».

70 yoşli Sora Nurmetova sözlariga köra, ikki yildan beri tomorqasiga suv bormayati.

«Ikki yildan beri boğimni suğora olmayapman. Mana şu ariq tufayli aholi orasida bahslar, katta janjallar yuz bermoqda. Odamlarning bir-biriga munosabati yomonlaşib ketmoqda».

Bugungi kunda tomorqaga ega bölgan har bir oila undan samarali foydalanişi lozimligi, bir qariç yerini bekor qöymasdan, uni ekib, hosil olişi lozimligini talab qilyapmiz. Qişloq aholisi bunga qarşi emas, aslida ularning maqsadi ham şu. Kiçik tomorqasini ekib, undan sabzavotlar, poliz ekinlari hosilini olsa, meva-çeva yetiştirib, ularni sotsa, daromadi oşadi, rözğori tebranadi. Ammo, buning uçun suv kerak. Tomorqa ekinlari suv içmasa, qilingan mehnatdan foyda yöq.

Sönggi yillarda qişloq xöjaligida suğoriş tizimiga e'tibor ança susayib ketdi. Mahalliy hokimiyat davlat mulkining muhofazasiga bölgan e'tiborni pasaytirdi. Natijada, odamlar öz uyining oldidagi piyodalar yölagi, qatnov yöli, umumxalq foydalanadigan ariqlarga, zahkaş va suğoriş kanallariga özboşimçalik bilan ega çiqmoqdalar. «Bu mening hududim, demak bu mening mulkim, nima qilsam, şuni qilaman», deb özi bilgança iş tutmoqdalar. Oqibatda, uyi oldidagi piyodalar yölagini tösib, özboşimçalik bilan turli quriliş işlarini amalga oşiriş, yöllarni yopib, tomorqa, boğga aylantiriş, ariqlar, zaxkaşlarni kömib yuboriş kabi holatlar köpayib ketgan. Mana şunday işlar ortidan aholi örtasida kelişmovçiliklar, noroziliklar, katta janjallar yuzaga kelyapti.

Mahalliy hokimiyat odamlarning davlat mulkiga, ya'ni umumxalq foydalanadigan mulkka nisbatan hurmatini tiklaşi şart. Qatnov yöllari, piyodalar yölagi, ariqlar ustini noqonuniy qurilişlardan, panjara va tösiqlardan tozalaş lozim. Zaxkaş va boşqa kanallarni kömib yuborayotganlarga qarşi qonuniy çoralarni qöllaş kerak. Agar davlat mulkiga bölgan hurmat tiklansa, bunda nafaqat davlatning, balki barça aholining manfaati himoyalangan böladi.  

Umid qilamizki, Xiva tumani «Çanaşik» mahallasi aholisini qiynab kelayotgan bu muammo özining ijobiy yeçimini topadi.

Nurmuhammad Said