Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining taekvondo bahslarida Nikita Rafalovich oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Rafalovich finalda Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi Xva Jun Liga qarshi dayanga chiqdi.



O‘zbekiston vakili 21:18 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi oltin medalni olib keldi.
















