Janubiy Koreyaning Pyongchangida o‘tgan 2018 yilgi qishki Olimpiada agar ishtirokchi davlatlardan hattoki bittasi o‘z sportchilari xavfsizligidan xavotir sababli musobaqalarga kelishdan bosh tortganda bo‘lib o‘tmasligi ham mumkin edi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax CNNMoney Switzerland nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

“Harbiy harakatlar qishki Olimpiadani bekor qilish uchun zaruriy shart hisoblanmasdi. Buning uchun davlatlardan hattoki bittasi o‘z sportchilari xavfsizligidan xavotir sababli Olimpiadaga kelishdan bosh tortishi yetarli bo‘lardi. Muhokamalar murakkab bo‘lgandi”, deb aytgan Bax. 

Xavotirlar esa Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ziddiyat sababli paydo bo‘lgandi. 

Olimpiada 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan.