AQŞ prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Boltonning ma'lum qilişiça, Eronga qarşi yangi sanksiyalar yadroviy bitim tuzilişidan oldin amal qilgan sanksiyalardan ança qattiqroq böladi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, muqaddam AQŞ hukumati istisnolarni ham kiritgan, bunda Qöşma Ştatlar kompaniyalari Eron bilan «muayyan şartlarda » işlaşi mumkin edi. Biroq, yangi sanksiyalar töplami heç qanday istisnolar bölmasligini nazarda tutadi.

Şu bilan birga, Bolton va uning vakili «juda çeklangan» istisnolar bölişi mumkinligini tan oldi. Ular qaysi kompaniyalar va qanday faoliyat sohalari bilan boğliq bölişiga aniqlik kiritmadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron özida işlab çiqarilgan ilk qiruvçini taqdim etgandi.