Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining yunon-rum kurashi bahslarida Mo‘minjon Abdullayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-130 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchimiz qozog‘istonlik Nurmakan Tinaliyev bilan kurash olib bordi.

Ushbu bahsda o‘zbekistonlik kurashchi raqibini 8:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

























