
Dubaydagi «Burj-Xalifa», Burj al-Arab, Jumayra Bich Rezidens va boshqa osmono‘par imoratlar tez orada hech kimni hayratga solmay qo‘yadi. Chunki shayxlar yangi "Dubay-skver" loyihasiga ikki milliard dollar sarflashmoqchi.


Dubay-krik-Xarbor tumanidagi mega savdo markazi 8 million kvadrat fut savdo maydoni bilan maqtanishi mumkin bo‘ladi, u Dubai Mall savdo markazidan ikki barobar kattadir.
Birinchi qavatda mashhur shaxslarning chiqishlari, konsert va teatr tomoshalari bo‘lib o‘tadi, tadbirlar 3D-proyeksiyasi bilan bezatiladi. Bu yerda shuningdek kinoteatr, akvapark, sport maydoni va supermarket ham joylashadi.


Ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, yangi savdo markazining kelajagi bor. Chunki 2020 yilda BAA poytaxtida EXPO-2020 butunjahon ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
















