Mart oyida Cambridge Analytica va Facebook kompaniyasi örtasidagi mojaro yuz bergandi. Bundan xulosa çiqargan kompaniya xodimlari ijtimoiy tarmoqda foydalanuvçilarning şaxsiy daxlsizligiga xavf tuğdirayotgan 400dan ortiq ilovalarni yopib qöydi. Suriştiruv davomida minglab ilovalar örganildi, deya xabar qilmoqda TASS kompaniya bayonnomasiga asosan.
Facebook ijtimoiy tarmoğidagi yangi qoidaga köra, agar foydalanuvçi 90 kun içida dasturga kirmasa, u haqida ma'lumot ololmaysiz. myPersonality ilovasi endi faoliyat körsatmasligi aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoq vakillari boşqa foydalanuvçilar haqida aynan şu ilova orqali bilib olişayotgan ekan. Hozirgi paytda myPersonalityda 4 mln.ga yaqin inson röyxatdan ötgan. Undagi ma'lumotlar boşqa kompaniyalarga sotiliş xavfi katta.
Mart oyida The New York Times naşrida Facebookning Cambridge Analytica kompaniyasi ijtimoiy tarmoği ma'lumotlarini çiqarib yuborganligi haqida xabar qilingandi. Bu yerda gap 87 mln foydalanuvçining şaxsiy ma'lumotlari töğrisida ketmoqda. Aprel oyida kompaniya rahbari Mark Tsukerberg AQŞ Kongressining ikki marta eşituvlarida qatnaşişiga töğri kelgandi. U qonun çiqaruvçilarga bundan keyin kompaniya foydalanuvçilar şaxsiy ma'lumotlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölişini aytdi.
















