Qonunçilikka muvofiq içki işlar organi xodimi quyidagi holatlarda rezina tayoqlarni qöllaş huquqiga ega:

fuqaroga yoki içki işlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytariş uçun;

jinoyatga yoki ma'muriy huquqbuzarlikka çek qöyişda;

içki işlar organi xodimiga qarşilik körsatilişiga çek qöyişda;

jinoyatni sodir etiş çoğida yoki uni sodir etganidan keyin yaşirinişga urinayotgan şaxsni uşlaşda;

qurolli qarşilik körsatişi mumkin bölgan şaxsni uşlaşda;

zöravonlik bilan uşlab turilgan şaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inşootlarni, transport vositalarini va yer uçastkalarini ozod qilişda;

fuqarolarning hayoti va soğliğiga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi ommaviy tartibsizliklarga hamda boşqa ğayriqonuniy xatti-harakatlarga çek qöyişda;

muhofaza qilinadigan obektlarni himoya qilişda, ğayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanişini tösib qöyişda.

“Huquqiy axborot” kanalining yozişiça, bunda odamning boşiga, böyniga, ömrov suyagiga, qorniga, jinsiy a'zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar beriş taqiqlanadi.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari körinib turgan şaxslarga, yoşi aniq körinib turgan yoki ma'lum bölgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuç işlatiş taqiqlanadi (ularning qurolli qarşilik körsatganligi, fuqarolarning yoxud içki işlar organi xodimining hayoti va soğliğiga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno).

Eslatib ötamiz, avvalroq prokuratura IIBB xodimlarining poytaxtdagi kafelardan biridagi qöpol xatti-harakatlarini tekşirayotgani xabar qilingandi.