Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“15 kishi o‘tiradi, 3 nafarigina ishlaydi” – Nursulton Nazarboyev davlat organlari ishini tanqid qildi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Atirau viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishdan lavhalar televideniye orqali namoyish qilingan.
“Joylarda ishlashmayapti. Men ikki akimatda, ikki vazirlikda pilot loyihalarni ishga tushirdim. Aytdim: “Mana byudjyet bor, uni senga beraman. Boshqaruv uchun qancha kerak bo‘lsa qil, qolgan pulni amaldorlarning oyligini oshirishga ber. Biroq shunga yarasha ishlashsin. Bo‘limda 15 kishi o‘tiradi, biroq 3 nafarigina ishni qiladi, qolgani esa o‘tiradi. Shundaymi? Ammo ruchka, qog‘oz, stullarda tejaysan. Yetmagandek yana har biriga avtomobil berish kerak”, deb aytgan Nazarboyev.
Yig‘ilishni yoritgan muxbirning aytishicha, Nazarboyev umuman butun mamlakatni nazarda tutgan.
Avvalroq Nazarboyev yuqorida tilga olgan loyihalar doirasida davlat idoralari xodimlari maoshlari 2 martadan ko‘proqqa oshganini ma'lum qilgan.
“Bu narsa ishga yuqoriroq kompetensiyalarga ega mutaxassislarni olishga imkon beradi. Bu tajribani davlat xizmatining butun tizimiga tatbiq qilish lozim”, deb aytgandi Qozog‘iston prezidenti.
Mavzuga oid
11:17 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev: Endi davlat idoralari «jarayon uchun» emas, «natija uchun» ishlaydi
17:15 / 27.04.2026
Tokioda davlat xizmatchilariga ishda shortik kiyishga ruxsat berildi
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
11:46 / 09.01.2025