Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov joriy yilning dekabr oyida jahon miqyosidagi "Amirsoy" toğ-çanği kurortining birinçi bosqiçi ilk mehmonlarini qabul qilişi haqida ma'lum qilgan edi.

"Amirsoy" toğ-çanği kurorti quyidagi vakansiyalarga işçilarni qabul qilişi haqida e'lon qiladi:

  • kanat yöli operatorlari;
  • toğ patruli;
  • omborçi;
  • qor tozalaş texnikasi operatorlari;
  • kassaçi-sotuvçilar;
  • toğ çanğilari böyiça instruktor;
  • mexaniklar;
  • elektriklar;
  • qutqaruvçilar (suzuvçilar);
  • tozalovçilar;
  • tozalaş va obodonlaştiriş işlarini bajaruvçilar;
  • ofitsiantlar;
  • oşpaz yordamçilari;
  • idiş yuvuvçilar.

«Amirsoy» toğ-çanği kurorti Toşkent viloyati, Böstonliq tumanidagi 900 ga maydonni egallab, turli murakkablikdagi toğ-çanği qorli trassalari tarmoğini yaratişni közda tutmoqda. Trassalarning umumiy uzunligi 21,3 km bölib, şuningdek 7 osma dor yöli (kanat), snoubord parki, sport maktabi va boşqa kurort infratuzilmasi yaratilişi rejalaştirilgan. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 100 million yevrodan ortiqni taşkil qilmoqda.

2018 yilning dekabr oyida ekspluatatsiyaga topşirilişi rejalaştirilayotgan birinçi bosqiç 3 km'dan ortiq ikki osma dor yöli, umumiy uzunligi 12,3 km'ga teng 13 toğ-çanği trassasi, ikki sun'iy köl, vertolyot maydoni, sun'iy qor hosil qiluvçi tizimlar, qişki tyubing, 21 tuzilmadan iborat şaharça, ikki restoran, instruktorlik maktabi, toğ-çanği jihozlari ijara punktlarini öz içiga olgan köp funksiyali markaz va boşqa muhandislik-kommunikatsion inşootlarining qurilişini nazarda tutadi. Yuqoridagi maqsadlar uçun 30 million yevroga yaqin mablağ yönaltirilgan. Toğ-çanği kurorti faoliyati uçun 300 dan ortiq işçi örinlarini yaratiş rejalaştirilgan.