Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Dori-Darmon» bo‘yicha o‘zgarishlar kutilyapti. U AQSh kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berilishi mumkin
Foto: doridarmon.uz
«Dori-Darmon» AQSh kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berilishi mumkin, bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida aytiladi.
Hozirda «Dori-Darmon» ustav fondida davlat 71 foiz aksiyalarga egalik qiladi. Kompaniya 2200dan ziyod ijtimoiy dorixonaga ega, «Dori-Darmon»ning o‘zi esa davlat tibbiyot tashkilotlari uchun narkotik vositalari va psixotrop moddalarning yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Bundan tashqari, «United Investment Healthcare Group» LLC (AQSh) bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.
Shu munosabat bilan, «Dori-Darmon» boshqaruvi samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida, istisno tariqasida, O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan «United Investment Healthcare Group» LLC vakolatxonasi bilan kompaniya ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarish bo‘yicha besh yillik muddatga shartnoma tuzish taklif etilmoqda.
Agar Amerika kompaniyasi biznes-reja parametrlarini uddalay olsa, shartnoma yana besh yilga uzaytiriladi.
Agar loyiha barcha tasdiqlash bosqichlaridan o‘tsa va prezident tomonidan imzolansa, unda biznes-reja va ishonchli boshqarishga bitim loyihasi bir oy ichida ishlab chiqiladi, «Dori-Darmon» esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:42
AQSh Kiyevga Yevropada Patriot uchun raketalar ishlab chiqarishga ruxsat bermadi
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026
Epshteyn bilan aloqalari uchun karerasi barbod bo‘lgan odamlar sanaldi
18:18 / 17.02.2026