JD Sports kompaniyasi qaysi futbol klubi dunyodagi eng mashhuri ekanligini aniqladi.
Tadqiqot Google qidiruv so‘rovlarini tahlil qilish asosida o‘tkazildi. Dunyoning 97 mamlakatida so‘rovlar bo‘yicha yetakchiga Madridning «Real» klubi aylandi. Ikkinchi o‘rinni Londonning «Arsenal»i egallab turibdi (17 mamlakat). Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi (16 mamlakat) kuchli uchlikka yakun yasab bergan.
Undan keyingi o‘rinlarda «Liverpul», «Barselona», «Ayaks», «PSJ», «Yuventus», «Chelsi», «Lahti», «Borussiya D» kabi jamoalar qayd etildi.
















