Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Ramzon Qodirovning Moskvaga kirishini taqiqlab qo‘yishga chaqirdi
Foto: Aleksey Drujinin/RIA Novosti
«Novaya gazeta» tahririyati Checheniston rahbari Ramzon Qodirovga poytaxtga kirishini taqiqlab qo‘yish borasida Moskva meri Sergey Sobyaninga murojaat bilan chiqdi. Murojaat nashrning veb-saytida joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, bunday murojaat Qodirovning chiqishiga javoban bo‘lgan, unda u gazetadagi maqolani tilga olgan. Ushbu material paydo bo‘lgach, Checheniston rahbari «Checheniston hududiga «safsata» bilan shug‘ullanuvchi hamda «o‘z kabinetlarida qog‘ozlarga yozib o‘tiruvchi» «huquq himoyachilari deb ataladigan» barcha shaxslarni kirishini taqiqlab qo‘ydi».
«Biz Chechenistonda terrorizmning oldini olishda faqat qonunlar hamda inson huquqlariga qat'iy rioya qilish foyda beradi, degan fikrdagi shaxslar toifasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiramiz», - deyiladi maqolada.
Aniqlik kiritilishicha, «bu ma'noda» gazeta jamoasi huquq himoyachilari sanaladi. Nashrdagilarning fikricha, Qodirovning chiqishida «hech qanday narsa bilan yashirilmagan separatizm» belgilari bor. Ularning ta'kidlashicha, Qodirovning «porshe-kayyenlar» va boshqa kortejlarisiz» Moskvada ancha tinchroq bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:08
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026